IIB xodimining oyog`ini bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi ochilgani haqida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda.
Navoiy viloyati, Xatirchi tumani IIB HPB profilaktika inspektori O`.X. (1991 y.t.) boshqaruvidagi "Matiz" rusumli avtomashinada piyodalar o`tish yo`lagida piyodalarni o`tkazib yuborish uchun to`xtab turgan.O`sha vaqtda, uning orqasida fuqaro A.O`. (1990 y.t.)"Matiz" rusumli avtomashinada to`xtab, O`.X, uning yo`lini to`sib turganligini vaj qilib, uni urib-do`pposlab, tan jarohati etkazgan hamda O`.X.ning qonuniy talablariga bo`ysinmasdan, faol qarshilik ko`rsatib, o`z avtomashinasini harakatini davom ettirishi natijasida, uning o`ng oyog`ini bosib o`tgan.
Mazkur holat yuzasidan 10.10.2019 yilda Xatirchi tumani prokuraturasi tomonidan A.O`.ga nisbatan JKning 277-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






