AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 9 oyda qancha yong`in sodir bo`lgan?

'O`zbekistonda 9 oyda qancha yong`in sodir bo`lgan?'ning rasmi

Yong`in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 2019 yilning o`tgan 9 oyi davomida o`tkazilgan profilaktik ishlari natijasida 15441 ta bino va inshootlarda yong`in kelib chiqish xavfi oldi olingan. Bu haqda FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi xabar bermoqda.

Sodir bo`lgan yong`inlarni o`chirish vaqtida ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida 30 nafar insonlar qutqarilgan, 624 bosh uy xayvonlari, 113 xil texnikalar, 268 mlrd. so`mdan ziyod bino va inshootlar qurilmalari va 86 mlrd. so`mdan ortiq moddiy boyliklar saqlanib qolingan. Shuningdek, fuqarolarning yong`in xavfsizligini ta`minlashga oid bilim ko`niklamalariga ega bo`lib borishi natijasida 2019 yilning o`tgan 9 oyi davomida sodir bo`lgan yong`inlar, 2018 yilning mos davriga nisbatan 358 taga, yong`inlarda insonlarning halok bo`lishi 9 taga va tan jarohati olishi 58 taga kamaygan. Lekin, olib borilayotgan ishlarga qaramasdan 2019 yilning o`tgan 9 oyi davomida respublika hududida jami 8397 ta yong`inlar qayd etilib, ushbu yong`inlarda 82 nafar inson halok bo`lgan va 219 nafar kishi tan jarohati olgan.

Jami sodir bo`lgan yong`inlarning 68,9 foizi aholi yashash joylarida, 11,6 foizi tadbirkorlik sub`ektlari ob`ektlarida, 5,3 foizi transport vositalarida va 1,4 foizi davlat tasarrufidagi ob`ektlarida yuzaga kelgan. Yong`inlarning 38,7 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 30,3 foizi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarini buzilishi,11,4 foizi isitish pechlarining nosozligi yoki ulardan noto`g`ri foydalanish, 9,6 foizi bolalarning sho`xligi va 4 foizi transport vositalaridan foydalanish va tuzilishi qoidalarining buzilishidan sodir bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar