AsosiyJamiyat

OAV bo`yicha jamoatchilik kengashi yig`ilishi bo`lib o`tdi

'OAV bo`yicha jamoatchilik kengashi yig`ilishi bo`lib o`tdi'ning rasmi

O`zbekiston Jurnalistlari  ijodiy uyushmasi  qoshidagi Ommaviy axborot vositalari bo`yicha Jamoatchilik kengashining yig`ilishi  bo`lib o`tdi. 

 Hurshid Do`stmuhammad  rahbarligida o`tgan yig`ilishda  mamlakatimiz  ommaviy axborot vositalari faoliyatidagi bugungi ahvol, yutuq va kamchiliklar, jurnalistlarning huquqiy  madaniyati, burch va mas`uliyati masalalari  haqida so`z bordi.

Shuningdek, kengash  faoliyatini yo`lga qo`yish, uning  mediamuhitda o`z o`rnini egallashi,   OAV xodimlarining   kasb etikasi me`yorlariga rioya etishi bilan  bog`liq  masalalarmuhokama qilindi  va kelgusi faoliyat  uchunmaqsad-vazifalar  belgilab  olindi.

Kelishilishicha,  kengash har chorak yakuni bo`yicha yig`ilib, o`tgan vaqt  davomida  o`rganilganmasalalar yuzasidan   hisobot   tayyorlab, uni  uyushma muassisligidagi   “Hurriyat”gazetasi va  Jurnalistlar ijodiy uyushmasi  saytida e`lon qilib boradi.

O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining shu yil 23 iyulda bo`lib o`tganrespublika konferensiyasida O`zbekiston Jurnalistlari kasb etikasi kodeksi  qabul qilingan va ayni shu  konferensiya ishtirokchilari  tomonidan  kodeks talablari va me`yorlari buzilish holatlarini kuzatish, tahlil qilish va tegishli xulosa chiqarish  maqsadida uyushma  qoshida Ommaviy axborot vositalari bo`yicha jamoatchilik kengashi  saylangan edi.

Kengash  etti kishidan iborat bo`lib, ommaviy axborot vositalarida ko`p yillik ish tajribasiga egataniqli jurnalist vaekspertlardan  shakllantirilgan.

Kodeksda  e`tirof etilganidek, Jamoatchilik kengashi milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida e`lon qilingan (tarqatilgan) materiallarni jurnalistning kasb etikasi me`yorlari nuqtai nazaridan o`rganadi, tahlil qiladi, baholaydi, xulosa chiqaradi; jurnalistlik faoliyati bilan bog`liq bahsli holatlarga oydinlik kiritilishida yordamlashadi; kodeks me`yorlariga rioya etilmaslik holatlari yuzasidan taqdim etilgan murojaatlarni ko`rib chiqadi va qaror qabul qiladi; jurnalist kasb etikasiga taalluqli boshqa masalalarni jamoatchilik e`tiboriga havola etadi.

Ta`kidlash joizki, Jamoatchilik kengashi qarori jurnalistni intizomiy, ma`muriy yoki boshqa turdagi javobgarliklarga tortish uchun asos hisoblanmaydi, u tavsiya xususiyatiga ega.

    Boshqa yangiliklar