2019 yil 15-16 oktyabr kunlari Qozog`istoning Olmaota shahrida Osiyo farmasevtika forumi bo`lishi haqida xabar berildi.
Bir yil ichida ikkinchi marotaba o`tkaziladigan forum Evroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi davlatlari va Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, Qozog`iston, Rossiya, Belarus, Armaniston, O`zbekiston, Qirg`iziston, Turkmaniston va Tojikiston farmasevtika bozori etakchilarini bir joyga jamlaydi.
Mazkur Forumda soha mutaxassislari qator masalalarni muhokama qiladilar, xususan, klinik tadqiqotlarda muammolar, narxlarni belgilash, dori vositalarini ro`yxatdan o`tkazish, mahalliylashtirish va import o`rnini bosish, regulyator masalalar, shuningdek, distribusiya va marketing.
Ikki kun davomida turli davlatlardan 20dan ortiq spikerlar forum ishtirokchilari bilan tajriba va bilimlarini almashadilar.
Shuningdek, tadbir doirasida soha ko`rgazmasining ham uyushtirilishi rejada bo`lib, ishtirokchi davlatlardan tashrif buyurgan etakchi korxona va kompaniyalar o`z farmasevtika mahsulotlarini namoyish etadilar.
Mahalliy farmkorxonalarni forumda ishtirok etishga taklif qilamiz. Xabarga ko`ra, bunday istagi bo`lgan farmkorxonalar Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish Agentligining Xalqaro aloqalar boshqarmasi mutaxassisi Shoxrux Aslanovga murojaat qilishlari mumkin.






