2019 yilning 8 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Qo`shrabot tumani Zarmitan qo`rg`onida joylashgan “Samarqandgeologiya” Davlat unitar korxonasiga qarashli “Zarmitan geologiya-qidiruv ekspedisiyasi”ning 350 nafar xodimi oylik maoshi saqlanmagan holda ta`tilga chiqarilgan mazmunidagi videomurojaat e`lon qilingan edi.
Videomurojaatda keltirilgan holatlarning qanchalik haqiqatga yaqinligiga oydinlik kiritish maqsadida maxsus Ishchi guruh tuzildi va dastlabki o`rganish ishlari olib borildi, deya xabar bermoqda Davlat geologiya qo`mitasi.
O`rganish yakunlariga ko`ra videomurojaatda tilga olingan holat xaqiqatga to`g`ri kelmasligi aniqlandi. Buni mutasaddilarning quyidagi fikrlari ham isbotlab turibdi.
Videomurojaat muallifi Xabiba Toshboevna “Zarmitan geologiya-qidiruv ekspedisiyasi”ning ishchi xodimi emas, ayni paytda Turkiya davlatida istiqomat qilayotgani aniqlandi.
2019 yil 8 oktyabr kuni “Samarqandgeologiya” Davlat unitar korxonasi rahbariyati, Qoshrabot tuman adliya bo`limi bosh mutaxassisi Qarshiev J., Qo`shrabot tuman bandlikka ko`maklashish markazi yordamchi huquq inspektori Xamroev X., Qo`shrabot tumani hokimiyati axborot xizmati raxbari Mamadiyorov B. zudlik bilan masalani joyida o`rganish maqsadida korxona jamoasi bilan videomurojaatda ko`rsatilgan masala bo`yicha uchrashuv o`tkazdi.
Zarmitan dala geologiya qidiruv ekpedisiyasi “Samarqandgeologiya” davlat unitar korxonasi tasarrufida faoliyat olib boradi. Tashkilotda jami 358 nafar ishchi xodim mehnat qiladi. Geologiya qidiruv ishlari xar yili tasdiqlanadigan davlat dasturi asosida olib boriladi. 1 oktyabr xolatida Zarmitan dala-geologiya qidiruv ekspedisiyasiga belgilangan burg`ulash ishlarining yillik hajmi to`liq bajarib bo`lingan. Shu jihatdan ta`kidlab o`tish joizki, ayrim geologiya-qidiruv ob`ektlari iqlim hamda tog`-geologik sharoiti murakkabligidan kelib chiqib mavsumiy xarakterga ega. Ushbu ob`ektlarda olib borilgan ishlar asosida yakuniy hisobotlar tuzilib davlat zaxiralari komissiyasiga taqdim etishga tayyorlanmoqda. Shu sababli, yuqorida ko`rsatilgan burg`ulash ishlarini yakunlagan brigada a`zolariga va yordamchi sex ishchi xodimlariga (jami 85 nafar) o`zlarining tashabbuslari bilan arizalari asosida maoshsiz ta`til berilgan. Qolgan 273 nafar ishchi xodim mexnat faoliyatlarini davom ettirmoqdalar.
Bu kabi asoslantirilmagan va haqiqiy holatga mos kelmaydigan salbiy xabar va ma`lumotlarni tarqatganlik holati yuzasidan qonunchilikda tegishli choralar ko`rish belgilab qo`yilgan.
Olib borilayotgan o`rganish yakunlari haqida batafsil axborot beriladi






