Ma`lumki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan mamlakatimiz bo`ylab, bosqichma-bosqich elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish ishlari jadal amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 9 oktyabridan boshlab Janubiy Koreyaning “KT Sorporation” kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand viloyatining Oqdaryo va Tayloq tumanlari iste`molchilariga ham zamonaviy elektr hisoblagichlarni o`rnatish ishlari boshlanadi. Oqdaryo tumanida 35 147 ta va Tayloq tumanida 39 238 ta hisoblagich o`rnatilishi belgilangan. Hozirda mamlakatimizning 61 ta shahar hamda tumanlarida 1,7 milliondan ziyod elektr hisoblagichlar o`rnatildi.
Hozirda Samarqand shahar va Samarqand tumani, Urgut, Pastdarg`om, Kattaqo`rg`on tuman va Kattaqo`rg`on shahar, Ishtixon, Bulung`ur, Jomboy, Chelak hududi, Paxtachi, Payariq hamda Qo`shrabod tumanlarida zamonaviy elektr hisoblagichlar o`rnatilmoqda. 2020 yil yakuniga qadar viloyatning barcha tumanlarida zamonaviy elektr hisoblagichlar to`liq o`rnatilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o`tamiz, hisoblagichlar iste`molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag`lari hisobidan bepul o`rnatilmoqda.
Hisoblagichlar o`rnatishda biror bir anglashilmovchilik yoki ta`magirlik holatlari kuzatilayotgan bo`lsa, shuningdek, pul talab qilinayotgan yoki manfaatlaringiz kamsitilayotgan bo`lsa, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 71-202-50-55, 71-233-01-28, 78-150-75-64 raqamlariga yoki Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali orqali ham o`z murojaatlaringizni yo`llashingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali murojaat uchun:
Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin,
Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari.






