AsosiyJamiyat

Qo`qon universitetiga kirish test sinovlari natijalari 9 oktyabr kuni e`lon qilinadi

'Qo`qon universitetiga kirish test sinovlari natijalari 9 oktyabr kuni e`lon qilinadi'ning rasmi

2019 yil 30 sentyabr kuni Toshkent shahrida, 3-4 oktyabr kunlari Farg`ona viloyatida Qo`qon universitetiga qabul test sinovlari bo`lib o`tdi.

Test sinovlari 8 ta ta`lim yo`nalishi doirasida 9 261 nafar abiturient uchun o`tkazildi.

Test sinovlari natijalariga ko`ra ta`lim yo`nalishlari bo`yicha eng yuqori ballar:

✅ «Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili» ta`lim yo`nalishi - 167,5 ball; 

✅ «Menejment» ta`lim yo`nalishi - 147,9 ball;

✅ «Moliya» ta`lim yo`nalishi - 145,1 ball;

✅ «Tadbirkorlik» ta`lim yo`nalishi - 141,3 ball;

✅ «Iqtisodiyot» ta`lim yo`nalishi - 137,1 ball;

✅ «Mehmonxona va turizimni boshqarish» ta`lim yo`nalishi - 136,6 ball;

✅ «Maktabgacha ta`lim» ta`lim yo`nalishi - 135,6 ball;

✅ «Boshlang`ich ta`lim» ta`lim yo`nalishi - 133,4 ball.

Test sinovlari natijalarini Davlat test markazining rasmiy veb saytidan 9 oktyabr kuni soat 10:00 dan boshlab http://qoqon.dtm.uz/ havola orqali ko`rish mumkin bo`ladi.

Qo`qon universitetiga oid barcha ma`lumotlar bilan universitetning rasmiy veb sayti http://kokanduni.uz/ orqali tanishishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar