Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “G`avsul A`zam” jome masjidi imom-xatibi To`lqin Isaev Jarqishloq qishlog`ida yashovchi boquvchisi yo`q, kam ta`minlangan 4 nafar farzandi bor Muqaddas Oripovaga hashar yo`li bilan homiylarni jalb qilgan holda uy-joy qurib bermoqda. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo`limi xabar berdi.
M.Oripova turmush o`rtog`i vafot etgach, to`rtta farzandi bilan yolg`iz qolgan. Uy masalasida yordam so`rab tegishli tartibda murojaatlar qilgan. Bundan xabar topgan masjid imomi mahalladagi sahovatli kishilar va homiylarni beva ayolga yordam ko`rsatishga targ`ib etdi. Shuning bilan boquvchisini oila uchun boshpana qurib berishdek savobli ish boshlab yuborildi.
Olti sotix maydonda qurilayotgan hovliga hozirgi kungacha yuz million so`m sarflandi. Imorat ko`tarilib, tom qismi yopildi.






