Andijon shahridagi 50-maktabda ikki nafar o`qituvchi temir tayoq bilan kaltaklandi, deb xabar beradi Podrobno.uz nashri Xalq ta`limi vazirligi ma`lumotlariga asoslanib.
Hodisa 5 oktyabr kuni yuz bergan. Maktab direktorining ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari, shuningdek chaqiruv oldidan dastlabki tayyorgarlik bo`yicha o`qituvchi darsga kech qolgan va ularning fikricha nojoiz kiyingan matematika o`qituvchiga tanbeh bergan. Shundan so`ng ular o`rtasida janjal kelib chiqib, ayol eriga shikoyat qilishini aytib ularni qo`rqitgan.
O`sha kuni, ayolning eri do`sti bilan maktabga kelgan. Ular harbiy xizmatga chaqiruvga qadar tayyorgarlik o`qituvchisi hamda direktor o`rinbosari temir tayoq bilan urgan. Hodisa oqibatida ularni ajratishga uringan boshqa o`qituvchilarni ham jarohatlangan.
Jarohat olgan o`qituvchilar Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining Andijon filialiga yotqizilgan. Ularga ko`p sonli ko`karishlar, miya chayqalishi, burundagi yoriqlar va tishlar singanligi tashxisi qo`yilgan.
Andijon huquq-tartibot idoralari ushbu ish bo`yicha tergov boshladi.






