AsosiyJamiyat

Hokim kontrakt pulini to`lolmayotgan talabaga yordam berdi

'Hokim kontrakt pulini to`lolmayotgan talabaga yordam berdi'ning rasmi

Bir necha kun avval Feysbuk ijtimoiy tarmog`ida Namangan davlat universitetining farg`onalik talabasi Mirzoozod Mirzane`matov o`z sahifasida joylagan “posti” orqali talabalik safidan chiqishini e`lon qilgan edi.

Ya`ni, "post" orqali hokisor talaba iqtisodiy qiyinchiliklari sababli universitet rektori nomiga ariza yozib, o`qishni davom ettira olmasligini rasman ma`lum qilgandi.

Keskin bahs-munozaralarga sabab bo`lgan, ta`sirchan she`rlari bilan ijtimoiy tarmoq orqali shuhrat qozongan talabaning ushbu xabari ko`pchilik qatori Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorovni ham befarq qoldirmadi. Hokim mazkur holat yuzasidan ertasigayoq Mirzoozod bilan ko`rishdi, deya xabar berdi “Namangan24.uz” saytiga O`zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati kengashi matbuot xizmati.

Viloyat hokimi bugun - 7 oktyabr, dushanba kuni umumiy qiymati 11 million so`m miqdoridagi bir yillik kontrakt summasini to`lab berdi.

- Aytishim joizki, ayni vaziyatda bu shu kungacha bo`lgan tug`ilgan kunimdagi eng ajoyib sovg`a bo`ldi, - deb izoh qoldirgan talaba o`zining feysbukdagi sahifasida. 

    Boshqa yangiliklar