AsosiyJamiyat

“LUKOYL O`zbekiston”ning homiyligida reabilitasiya va maktabgacha ta`lim tashkiloti bunyod etiladi

'“LUKOYL O`zbekiston”ning homiyligida reabilitasiya va maktabgacha ta`lim tashkiloti bunyod etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, “LUKOYL O`zbekiston”ning homiylik mablag`lari asosida Qibray tumani va Qarshi shahrida imkoniyati cheklangan bolalar uchun reabilitasiya markazlari, Buxoro shahrida esa maktabgacha ta`lim tashkiloti bunyod etiladi.

Mazkur ob`ektlarning buyurtmachisi, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari 2021 yil 1 iyulgacha bo`lgan muddatga vakolatli organlarda majburiy sertifikatlash tartibotlaridan o`tishdan, shuningdek, ob`ektlarni qurish va jihozlash uchun belgilangan tartibda shaklllantiriladigan ro`yxatlar bo`yicha olib kelinadigan uskunalar, butlovchi buyumlar, detallar, ehtiyot qismlar va materiallar bo`yicha bojxona to`lovlarini to`lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig`imlaridan tashqari) ozod etildi.

    Boshqa yangiliklar