AsosiyJamiyat

“O`zstandart” agentligi 2019 yilda 1255 ta standart qabul qildi

'“O`zstandart” agentligi 2019 yilda 1255 ta standart qabul qildi'ning rasmi

Standart va me`yorlar mahsulot sifatini belgilovchi muhim mezon hisoblanadi. Xalqaro me`yorlar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulot nafaqat ichki bozorlarda, balki tashqi bozorlarda ham  raqobatbardoshligi ta`minlanadi.

“O`zstandart” agentligi o`z faoliyatida standartlarni qabul qilish va ularni xalqaro me`yorlar bilan uyg`unlashtirishga e`tibor qaratmoqda. Agar raqamlar tili bilan qiyoslanganda 2017 yilda  492 ta xalqaro standartlarni qabul qilish belgilangan bo`lsa, amalda 644 ta  xalqaro  standartlar  qabul qilingan.

2018 yilda  509 ta xalqaro standartlarni qabul qilish rejalashtirilgan bo`lsa, amalda bu ko`rsatgich  519 ta ni tashkil qilgan.

Joriy yilning o`tgan davri mobaynida 1255 ta standart qabul qilinib, shundan 1208 tasi ya`ni (96,2%)  xalqaro  talablar  bilan  uyg`unlashtirilgan holda qabul qilindi, deya xabar beradi "O`zstandart" agentligi axborot xizmati.

    Boshqa yangiliklar