AsosiyJamiyat

Toshkentda jip trial bo`yicha avtopoyga o`tkaziladi

'Toshkentda jip trial bo`yicha avtopoyga o`tkaziladi'ning rasmi

20 oktyabr kuni soat 10:00da Bektemir tumanidagi maxsus maydonda avtopoyga ishqibozlari ishtirokida jip trial bo`yicha navbatdagi musobaqa o`tkaziladi.

Standart va ekstrim yo`nalishlarida o`tkazilishi rejalashtirilgan musobaqada g`ildirak formulasi 4x4 bo`lgan istalgan avto bilan qatnashish mumkin.

O`zini avtopoyga ustasi deb bilgan, notekis yo`llarda transport vositasini mahorat bilan boshqara oluvchi hamda kutilmagan vaziyatlardan uddaburonlik bilan chiqib keta oladigan mohir haydovchilar ushbu musobaqada ishtirok etishi mumkin.

Buning uchun 16 oktyabrga qadar saytiga kirib, ro`yxatdan o`tish kerak.

    Boshqa yangiliklar