Hukumat qarori (848-son, 05.10.2019 y.) bilan Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko`rib chiqish qabulxonalari huzurida Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari tashkil etildi.
Qaror bilan Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari to`g`risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Unga ko`ra, Tadbirkorlar kengashlari o`z ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi.
Kengash tarkibi faol tadbirkorlar, huquqshunoslar va jamoatchilikning boshqa vakillaridan iborat fuqarolar orasidan saylab olinadi.
Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga to`siq va g`ov bo`layotgan muammolarni bartaraf etish bo`yicha takliflarni ishlab chiqish hamda Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga, vakolatli davlat organlariga taqdim etish Kengashning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Kengash tarkibi har uch yilda tasdiqlanadi.






