AsosiyJamiyat

Xitoyning Konfusiy instituti o`qituvchilari Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi

'Xitoyning Konfusiy instituti o`qituvchilari  Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi'ning rasmi

O`zbekistonning bugungi kunda olib borayotgan ochiq va faol tashqi siyosati dunyoning etakchi mamlakatlari bilan barcha sohalarda, ayniqsa ta`lim yo`nalishidagi hamkorlikda ko`proq o`z aksini topmoqda.

Shunga monand, O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi ham dunyoning nufuzli oliy ta`lim markazlari va harbiy akademiyalari bilan faol hamkorlik olib borayotir. 

Xitoy, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Turkiya kabi davlatlardan tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan harbiy ta`lim tizimini takomillashtirish, o`qituvchilarni zamonaviy metodika va ta`lim standartlari bilan tanishtirish bo`yicha qator mahorat darslari va mashg`ulotlar o`tkazilyapti. Bu esa akademiya professor-o`qituvchilari, tinglovchi va kursantlarning bilim saviyasi va dunyoqarashining yanada o`sishi, bugungi globallashuv davrida ularning zamonaviy qarashlarini to`g`ri shakllanishiga xizmat qilmoqda.

Akademiyada shu kunga qadar ko`plab xalqaro tillar o`qitilib kelinar edi. Endilikda bu tillar ro`yxatiga xitoy tili ham qo`shiladigan bo`ldi. Shu munosabat bilan Xitoy xalq respublikasining yurtimizdagi elchixonasi vakillari va Konfusiy instituti o`qituvchilari akademiyaga tashrif buyurdi. Ular ishtirokida ochilajak o`quv kursining tartib-taomili, davriyligi va ahamiyatiga bag`ishlangan uchrashuv bo`lib o`tdi. 

Uchrashuvdan so`ng mehmonlar Qurolli Kuchlar akademiyasi bilan yaqindan tanishdi va yurtimizning oliy harbiy ta`lim tizimiga munosib baho berishdi.

 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

 

    Boshqa yangiliklar