AsosiyJamiyat

Surxondaryo viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhaga rasmiy munosabat bildirdi

'Surxondaryo viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhaga rasmiy munosabat bildirdi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati hokimligi 2019 yilning 7 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Surxondaryolik fermerlar paxta rejasini bajarish bo`yicha "uddaburonlik" qilganligi, qabul punktiga kelgan prisepdagi paxta ichidan 10 kishi chiqdi” sarlavhali videolavha yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Unda shunday deyiladi:

Videolavhada namoyish etilgan holat shu kunning o`zida tezkorlik bilan o`rganib chiqildi. O`rganish jarayonida mavsum boshidan buyon viloyatdagi mavjud paxta qabul qilish punktlarining birortasida  tirkamasi (prisepi) raqami 4512 bo`lgan traktor qabul qilinganligi, traktorlar prisepida ortilgan paxta ichidan odam tushib kelishi holatlari aniqlanmadi.

Ushbuni inobatga olib, viloyat hokimligi videolavhada aks etgan holat Surxondaryoda bo`lganligini qat`iy rad etadi.

    Boshqa yangiliklar