AsosiyJamiyat

Bekoboddagi 15 MTM: aybdorlar munosib jazolandi

'Bekoboddagi 15 MTM: aybdorlar munosib jazolandi'ning rasmi

Bir muddat oldin Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi 15-sonli MTM tarbiyalanuvchilarida ovqatdan zaharlanganligi holati qayd etilgan edi. Shunga ko`ra, Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan Sog`liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Bekobod tumanidagi 15-sonli MTM tarbiyalanuvchilarida kuzatilgan o`tkir diareya va gastroenteritning kelib chiqish sabablari batafsil o`rganib chiqilganligi e`lon qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi qoshidagi Respublika DSENM xulosasiga ko`ra, bolalarda kuzatilgan o`tkir deariya va gastroenteritga taom tayyorlash texnologiyasining qo`pol tarzda buzilishi, nomuvofiq taomnoma hamda ovqatlanish bo`limi va MTMning boshqa xodimlari (tarbiyachi va tarbiyachi yordamchilari) tomonidan sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilmaganligi sabab bo`lgan.

15-sonli MTM mudirasi Rahmatullaeva Mohira Abdumalikovna, oshpaz Qaxramonova Shohida Abrorovna va hamshira Ergasheva Mavluda Ergashevna lavozim majburiyatlarini bajarmaganligi va loqayd hatti-harakati natijasi oqibatida bolalar sog`ligiga zarar etkazganligi sababli, egallab turgan lavozimlaridan ozod etildilar.

27 sentyabrdan 6 oktyabrgacha MTM faoliyati vaqtinchalik to`xtatilgan. Tashkilotda umumiy tozalash, dezinfeksiya tadbirlari va MTMTdagi sanitariya-texnika vositalarini ta`mirlash ishlari amalga oshirilgan. Xodimlarga sanitariya normalari va qoidalari bo`yicha 3 kunlik o`qish tashkil etilgan.

MTM 7-oktyabrdan boshlab ishga tushdi va tarbiyalanuvchilarni yana qabul qila boshladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar