AsosiyJamiyat

Arzon uy joylarning kv metri qanchadan?

'Arzon uy joylarning kv metri qanchadan?'ning rasmi

“O`zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 noyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko`p kvartirali uylarni qurish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi  PQ-2660-sonli hamda 2017 yil 23 oktyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko`p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3350-sonli qarorlariga muvofiq,   2017-2018-yillarda respublika shaharlarida jami 24 856 ta xonadondan iborat 602 ta uy-joylar belgilangan muddatlarda qurib bitkazilib imtiyozli ipoteka kreditlari asosida fuqarolarga foydalanishga topshirildi.  

Yuqoridagi qaror bilan tasdiqlangan 2019 yil dasturiga muvofiq kompaniyamiz tomonidan respublika shaharlarida 7 va 9 qavatli g`isht hamda panel tipidagi, 16 qavatli quyma temir-beton tipidagi loyihalar asosida jami 403 ta uy-joylarning qurilish-montaj ishlari olib borildi. Hozirda uy-joylarni foydalanishga topshirish ishlari amalga oshirilmoqda.  

Ushbu uy-joylarning loyiha-smeta hujjatlari 2019 yil I choragida davlat ekspertiza ko`rigidan o`tkazilib, unga ko`ra qo`shilgan qiymat solig`isiz (QQS siz) 7 qavatli uy-joylarning 1 m2 narxi o`rtacha 3 980 000 so`mni, 9 qavatli uy-joylarning 1m2 narxi o`rtacha 4 100 000 so`mni, yig`ma temir-beton konsturksiyali (panel tipdagi) loyiha asosidagi 9 qavatli uy-joylarning 1 m2 narxi o`rtacha 4 330 000 so`mni, quyma temir-beton tipdagi loyiha asosidagi 16 qavatli uy-joylarning 1 m2 narxi o`rtacha 4 160 000 so`mni tashkil etmoqda.  

Ushbu narxlar davlat ekspertiza xulosalariga asosan bo`lib, uy-joylarda qurilish-montaj ishlari yakunlanganidan so`ng, haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib, xonadonlarnin   1 m2 haqiqiy narxi shakllanadi. Bunda, yuqorida ko`rsatilgan davlat ekspertiza xulosalari asosida tasdiqlangan baholardan  oshmasligini “O`zshahar qurilish invest” IK  kafolatlaydi.  

Yuqoridagilarni inobatga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ma`lumotlarni asossiz ekanligi, aniq va ishonchli ma`lumotlarni “O`zshahar qurilish invest” IK matbuot xizmati hamda +99895 514 50 50 ishonch raqami orqali olishingiz mumkinligini ma`lum qilamiz.  

    Boshqa yangiliklar