AsosiyJinoyat

Paxta qabul qilish maskanida soxtalashtirish jinoyati sodir etilganligi aniqlandi

'Paxta qabul qilish maskanida soxtalashtirish jinoyati sodir etilganligi aniqlandi'ning rasmi

Paxta qabul qilish maskanida mansabdor shaxslari tomonidan soxtalashtirish jinoyati sodir etilganligi aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shumanay tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Shumanay paxta qabul qilish maskani” mansabdor shaxslari “J” fermer xo`jaligi tomonidan joriy yilning 13-15 sentyabr kunlari 2.580 kg paxta xomashyosi topshirilgan bo`lsada, jamiyat pul mablag`larini talon-toroj qilish maqsadida, yuk xatlari va “ECAS” elektron dasturiga soxta ma`lumotlar kiritib, umumiy qiymati 20,8 mln. so`m bo`lgan 5.940 kg. paxta xomashyosini qo`shib yozib, hujjatlarni soxtalashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “Shumanay paxta qabul qilish maskani” mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar beradi Bosh prokuratura axborot xizmati.

    Boshqa yangiliklar