O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilganligi xabar qilindi.
Davlatimiz rahbari rossiyalik hamkasbini tug`ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog`lik, baxt-saodat va katta zafarlar tiladi.
Tomonlar O`zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani, bugungi kunda ular sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyiganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.






