O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 277 va 294-moddalariga asosan jismoniy shaxslarning mol-mulk va er soliqlarini to`lash muddati 15 oktyabr etib belgilangan.
Soliq majburiyatingizni muddatida bajarish uchun qulayliklar yaratish maqsadida barcha tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari dam olish kunlarisiz har kuni soat 8.00 dan 20.00 ga qadar xizmat ko`rsatishlarini ma`lum qilamiz.






