Qishloq xo`jaligi vazirligi tizimidagi kasb-hunar kollejlari oliy ta`lim tizimi bilan integrasiyalashgan qishloq xo`jaligi texnikumlariga aylantirilishi mumkin.
Muhokamaga qo`yilgan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida ayni shu maqsad ko`zda tutilmoqda.
O`quvchilarni qabul qilish 2020/2021 o`quv yilidan boshlanishi mo`ljallangan bo`lib, ta`lim kunduzgi, kechki va sirtqi shakllarda olib boriladi.
Texnikumlarga aylantirilayotgan ta`lim muassasalari binolari va inshootlari, o`quv-laboratoriya jihozlari va yotoqxona mebellari bilan texnikumlarga bepul beriladi.






