AsosiyJamiyat

Mudofaa vazirligi harbiy qism va bo`linmalariga yangi harbiy texnikalar topshirildi

'Mudofaa vazirligi harbiy qism va bo`linmalariga  yangi harbiy texnikalar topshirildi'ning rasmi

Chirchiq dala-o`quv maydoni yana bir muhim yangilikka guvoh bo`ldi. U erda Mudofaa vazirligi harbiy qism va bo`linmalarigazamonaviy avtomashinalarning kalitlari topshirildi. Tantanali tadbirda Mudofaa vazirining o`rinbosari polkovnik Oybek Ismoilov, Mudofaa sanoati davlat qo`mitasi raisi o`rinbosari Hotamjon Yusupov ishtirok etdi. 

Yangi harbiy avtomashinalarni qabul qilib olgan Vatan himoyachilariquvonchi ortgani holda zimmalarida mas`uliyat yuki oshganiniqayta-qayta ta`kidladilar. Zero, bugungi kun armiyasi haqida gap ketganda ko`z oldimizga birinchi galda zamonaviy harbiy texnikalar va qurol-aslahalar namoyon bo`ladi. Har qandaymamlakat taraqqiyotini mudofaa qudratisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Barcha sohalardagi barqaror rivojlanish negizida tinchlik, xavfsizlikni ta`minlash turibdi.

Harbiy avtomashinalarning kalitlarini egalariga topshirish rosmana tantana tusida o`tdi. Harbiy qism va muassasalardan yangi texnikalarni qabul qilish uchun kelgan yurt himoyachilariislohotlarning yana bir amaliy namunasiga guvoh bo`ldi. Boisi bugun qo`shinlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mavjudlarini modernizasiya qilish, harbiy qism va bo`linmalarni mutlaqo yangi, zamonaviy qurol-yarog` hamda harbiy texnikalar bilan ta`minlashga yuksak e`tibor qaratilmoqda.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, bugun harbiy qism va muassasalarga topshirilayotgan yangi texnikalarning barchasi zamon talablarga to`liq javob beradi. Xususan, bu harbiy texnikaning afzalliklari juda ko`p. U o`z vaznidan tashqari 700 kg yuk ko`tarish imkoniyatiga ega. Yo`lovchi sig`imi 5 kishini tashkil etsa, yuk xonasiga 10 nafar harbiy xizmatchini oladi. Mashina 110 ot kuchiga ega bo`lib, eng yuqori tezligi soatiga 160 km ni tashkil qiladi. 

Salonidan yangilik ifori ketib ulgurmagan mashinalarni qabul qilgan harbiy xizmatchilar va texnikalar kalonnasi yurtimizning turli hududlaridagi harbiy qism va muassasalar sari yo`l oldi. Endi ular yurt himoyachilarining uzog`ini yaqin, og`irini engil qiladi. 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar