6 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida o`tkazilgan “Yosh matematiklar” olimpiadasi g`oliblari aniqlandi, deya xabar beradi XTV matbuot xizmati.
Olimpiada 10-13, 14-15, 16-18 yoshli o`quvchilar o`rtasida 3 ta yo`nalish bo`yicha o`tkazildi. Mazkur olimpiadada jami 400 nafardan ortiq o`quvchilar ishtirok etib, 3 soat ichida 5 ta masala echdi.
Ishtirokchilarning yozma ishlari xalqaro va respublika olimpiadalari g`oliblari bo`lgan tajribali hakamlar tomonidan baholandi.
Olimpiada natijalariga ko`ra 3 ta yo`nalish bo`yicha 45 nafar g`olib aniqlandi.
G`olib o`quvchilarga esdalik sovg`alari va faxriy yorliqlar topshirildi.
Ahamiyatlisi, olimpiada ishtirokchilarining javoblari o`sha erning o`zida tajribali soha mutaxassislari tomonidan tekshirilib, natijalari o`quvchilarga javob varaqasi bilan birgalikda taqdim qilindi. Bunday yondashuv o`quvchilarning o`z xatolari ustida ko`proq ishlash imkoniyatini beradi.
Olimpiada natijalari asosida har bir yosh guruhi bo`yicha 15 nafardan tanlab olingan jami 45 nafar eng iqtidorli o`quvchilar xalqaro olimpiadalarga tayyorgarlik ko`rish huquqini qo`lga kiritdi va ular uchun alohida qo`shimcha mashg`ulotlar tashkil etiladi.






