AsosiyJamiyat

O`zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasini demarkasiya qilish bo`yicha muzokaralar olib borildi

'O`zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasini demarkasiya qilish bo`yicha muzokaralar olib borildi'ning rasmi

2019 yilning 30 sentyabr – 6 oktyabr kunlari Nukus shahrida O`zbekiston va Turkmaniston o`rtasidagi Davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish bo`yicha Qo`shma O`zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Tadbir davomida tomonlar demarkasiyaning me`yoriy-texnik hujjatlarini solishtirib chiqdilar va ularni O`zbekiston va Turkmaniston o`rtasidagi Davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish bo`yicha Qo`shma O`zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi tomonidan tasdiqlashga kiritishga kelishdilar.

Uchrashuvda, shuningdek, o`zaro chegarada aerofotosuratga olish yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida delegasiyalar rahbarlari - O`zbekiston Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari To`lqin Abdullaev va Turkmaniston Mudofaa vazirligining 5-sonli korxonasi rahbari Mamed Mammedov tegishli Bayonnoma imzoladilar. Uchrashuv an`anaviy iliq va do`stona muhitda o`tdi.

 

    Boshqa yangiliklar