Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati kengashlarining qo`shma qaroriga binoan ishlab chiqilgan “To`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazilishini tartibga solish to`g`risida”gi nizomga ko`ra, to`y o`tkazuvchi shaxslarning zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklatildi:
- to`y o`tkazuvchi shaxslar to`ydan kamida bir hafta oldin yashash joyidagi fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarini xabardor qilishi;
- nikohni davlat ro`yxatidan o`tkazish, kelin-kuyovning to`yxonaga kelishi va ketishi bilan bog`liq oilaviy tadbirlarda 3 tadan ko`p bo`lgan engil avtomashinadan yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa transport vositalaridan foydalanmaslik;
- to`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlarda pulli avtotransport xizmati lisenziyaga ega bo`lmagan tashuvchilar tomonidan ko`rsatilishiga yo`l qo`ymaslik, to`y egalarining shaxsiy avtomashinalaridan hamda homiylar yordamida jalb etilgan avtotransport vositalaridan foydalanilgan hollar bundan mustasno;
- shuhratparastlik, dabdababozlik va isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslik;
- mahallalardagi ijtimoiy-ma`naviy muhit barqarorligiga putur etkazmaslik, jamiyatda shakllangan odob-axloq qoidalariga qat`iy amal qilish;
- to`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlarda diniy mavzuda ma`ruza ko`zda tutilgan bo`lsa, ushbu ma`ruza diniy tashkilotning vakolatli vakili tomonidan o`qitish;
- to`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlarda lisenziyalanadigan faoliyat turidan foydalanilgan taqdirda, lisenziyali xizmat ko`rsatadigan jismoniy va yuridik shaxslar to`yxona, kafe, restoran ma`muriyatiga va ushbu xizmatdan foydalanuvchilarga bu kabi xizmatlarni ko`rsatishga ruxsat beruvchi lisenziyaning nusxasini taqdim etish;






