AsosiyJamiyat

Diniy idora Parkentdagi ziyoratgohda amalga oshirilgan shirk amallarga munosabat bildirdi

'Diniy idora Parkentdagi ziyoratgohda amalga oshirilgan shirk amallarga munosabat bildirdi'ning rasmi

Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda ayollar va bolalar Parkentdagi “Zarkent bobo” ziyoratgohidagi qabrni aylanib, tavof qilayotgani, zinalarga bosh qo`yib, sajda etayotgani tasvirlangan video tarqalgan edi.

Azon.uz saytining You tube kanaliga joylashtirilgan videolavhaga O`zbekiston musulmonlari idorasi o`z munosabatini bildirdi.

Matbuot xizmatining xabar berishicha, O`zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Parkent tumani imom-xatiblari tomonidan ziyoratgohda kuzatilgan dinimizga zid amallarni bartaraf etish choralari ko`rildi va u erdagi holat doimiy nazoratga olindi. Ushbu tuman imom-xatiblari tomonidan muntazam tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Islom dinida bayon etilgan ziyorat odoblari aks etgan peshlavhalarni idora tasarrufida bo`lmagan qadamjolarga ham joylashtirish bo`yicha sa`y-harakatlari Diniy idora tashabbusi boshlandi.

O`zbekiston musulmonlari idorasi yana bir bor shu kabi o`z tasarrufida bo`lmagan ziyoratgohlarning mas`ullarini mana shunday ko`ngilsiz holatlar yuzaga kelishining oldini olish, ziyorat odoblarini tushuntirish borasida hamkorlikka doim tayyor ekanini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar