“Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganining 30 yilligini keng nishonlash to`g`risida Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, joriy yilning oktyabr oyida “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganining 30 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanadi.
Qaror bilan ushbu tadbirga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish bo`yicha tashkiliy qo`mita tarkibi va o`tkaziladigan ommaviy ma`naviy-ma`rifiy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Tashkiliy qo`mitaga tadbir o`tkazilishi bilan bog`liq qator vazifalar yuklatildi.
Xususan, umumta`lim maktablari o`quvchilari o`rtasida o`zbek tili mavzusida insholar tanlovi o`tkaziladi.
Shuningdek, 21 oktyabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi san`at saroylarida Qonun qabul qilinganining 30 yilligiga bag`ishlangan tantanali bayram tadbirlari tashkil etiladi.






