AsosiySiyosat

Senat tabiiy gaz quvurlari tizimi holati yuzasidan Hukumatga parlament so`rovi yuborish to`g`risidagi masalani muhokama qildi

'Senat tabiiy gaz quvurlari tizimi holati yuzasidan Hukumatga parlament so`rovi yuborish to`g`risidagi masalani muhokama qildi'ning rasmi

Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo`lib o`tdi. Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva olib bordi.

Kengash O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisini joriy yil 11 oktyabr kuni Toshkent shahrida chaqirish to`g`risida qaror qabul qildi.

Yalpi majlis kun tartibiga mamlakatimizning yaqin kelajakda rivojlanish yo`nalishlarini belgilab beruvchi, taraqqiyotining yangi bosqichidagi maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan, barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarning huquqiy asoslarini mustahkamlash hamda 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga yo`naltirilgan O`zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari kiritilgan.

Shuningdek, “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi, “Valyutani tartibga solish to`g`risida”gi, “To`lovlar va to`lov tizimlari to`g`risida”gi, “Mesenatlik to`g`risida”gi, “Ko`p kvartirali uylarni boshqarish to`g`risida”gi, “Mudofaa to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir.

Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari, ba`zi davlat organlarining, shu jumladan O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonunlar senatorlar tomonidan ko`rib chiqiladi.

Senat a`zolari ota-onalar qarovisiz qolgan va mehribonlik uyida tarbiyalangan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvidagi dolzarb masalalar, tabiiy gaz quvurlari tizimi holati va ushbu sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so`rovlari yuborish to`g`risidagi masalalarni ham muhokama qiladilar.

    Boshqa yangiliklar