AsosiySiyosat

Pensiya va nafaqa tayinlash uchun taqdim qilinadigan hujjatlar soni kamaytirildi

'Pensiya va nafaqa tayinlash uchun taqdim qilinadigan hujjatlar soni kamaytirildi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 iyuldagi “O`zini o`zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini joriy etish to`g`risida”gi qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019 yil 3 oktyabrda ro`yxatga olingan “Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to`ldirish qoidalari” to`g`risidagi yo`riqnomaga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritildi, deya xabar bermoqda Pensiya jamg`armasining matbuot xizmati.

Kiritilgan o`zgarishlarga muvofiq, fuqarolarga nogironlik nafaqasi tayinlanishida ulardan nafaqa tayinlash uchun mehnat daftarchasining nusxasini taqdim qilinishi bekor qilindi.

Shuningdek, buyruq bilan vaqtincha mehnat guvohnomasi asosida faoliyatini amalga oshirgan fuqarolar uchun pensiya yoki nafaqa tayinlanishida ularning ushbu faoliyat turlarini ish staji hisobida inobatga olishning asoslovchi xujjat sifatida vaqtinchalik mehnat guvohnomasi nusxasi taqdim qilishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar