Maktablarda qizlarni odam papilloma virusiga (OPV) qarshi emlash ishlari amalga oshirilmoqda. Maktablarda emlash fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan.
OPVga qarshi vaksina milliy emlash kalendariga kiritilgan bo`lib, mazkur masala O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi vakolati doirasiga kiradi.
Xalq ta`limi vazirligi OPVga qarshi vaksina odam sog`lig`iga foydasi va zarari haqidagi ma`lumotni mutaxassislar berishi kerak, deb hisoblaydi.
Ma`lumotlarga ko`ra, OPVga qarshi vaksinasiya majburiy emas. Ushbu amaliyot ota-onalar roziligi bilan amalga oshiriladi.






