Jizzax viloyatining G`allaorol tumanida zamonaviy tibbiyot klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida Hukumat qarori (838-son, 02.10.2019 y).
Qarorga muvofiq, ushbu hududda aholiga sifatli tibbiy yordam ko`rsatishni tashkil etish, tibbiy kadrlarni tayyorlashni nazarda tutuvchi zamonaviy tibbiyot klasteri tashkil qilish bo`yicha investisiya loyihasi amalga oshiriladi.
Loyihani amalga oshirishga mas`ul bo`lgan “Medical care cluster” MChJ tashkil etiladi.
2022 yil 1 yanvargacha bo`lgan muddatga “Medical care cluster” MChJ va loyihani amalga oshirish doirasida MChJ tomonidan jalb qilingan pudrat tashkilotlari:
1) yuridik shaxslar daromad solig`i va QQSni;
2) respublikada ishlab chiqarilmaydigan, tibbiyot klasterini qurish, jihozlash uchun mo`ljallangan materiallarni belgilangan ro`yxat bo`yicha olib kirishda bojxona to`lovlarini (bojxona yig`imlaridan tashqari)to`lashdan ozod etiladi.
Shuningdek, loyiha ishtirokchilari klaster faoliyatini tashkil qilish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to`lash fondidan yagona ijtimoiy to`lov to`lashdan ozod etiladi.






