AsosiyJamiyat

Maktab o`quvchilari paxta terimiga dam olish va bayram kunlari jalb etilgani ma`lum bo`ldi

'Maktab o`quvchilari paxta terimiga dam olish va bayram kunlari jalb etilgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Buxoro viloyatining Kogon tumanida maktab o`quvchilari paxta terimiga jalb etilmoqda. Bu haqda Repost o`z manbalariga asoslanib xabar berdi Qayd etilishicha, paxta dalasiga beshinchi va undan yuqori sinf o`quvchilari olib chiqilgan.

Xabar berishlaricha, o`quvchilardan birining otasi Kogon tumanidagi Paytal qishlog`ida joylashgan paxta dalasida shu qishloqdagi 15-maktab o`quvchilari paxta terayotganining guvohi bo`lgan. «Alinoz Sherginoz» va «Barno Bahrom» fermer xo`jaliklariga tegishli paxta dalalarida 13 nafar beshinchi va undan yuqori sinf o`quvchilari paxta terayotgan bo`lgan.

«Otam o`sha kuni ‘To`niroq’ mahallasiga ketayotgan edi. Yo`lda u qishloq aholisi va fermerlar bilan birga paxta terayotgan bolalarni ko`rib qoladi. Otamning bolalarga ‘Siz ota-onangizga yordam berishga chiqdingizmi, qaerda o`qiysiz?’ degan savoliga bolalar maktabdan paxtaga chiqarilganini aytgan.

Paxta dalasida 15-maktab ma`muriyati vakillari ham bo`lgan. Otam bolalardan nechanchi sinfda o`qishini so`ragan. U erda beshinchi, oltinchi va yuqori sinf o`quvchilari ham bo`lgan. Maktab o`quvchilarining paxta terayotgani aks etgan suratlar kunduzgi soat 11—12 atrofida olingan.

Fermerlar otamdan ushbu suratlarni hech qaerga tarqatmaslikni so`ragan. Keyinroq ular bolalarning Kogon tumani hokimi Yo`ldosh Jumaev buyrug`i hamda Kogon tumani xalq ta`limi boshqarmasi ko`rsatmasi bilan paxta dalasiga olib chiqilganini tan olgan.

Bo`lgan voqeadan keyin 2—3 soat o`tgach uchastka noziri otamga qo`ng`iroq qilib, ko`rganlari haqida hech kimga gapirmaslikni tayinlagan», — deydi ismi sir qolishini so`ragan nashr muxbiri.

Manbaning xabar berishicha, bolalar paxta dalasiga dam olish va bayram kunlari olib chiqilmoqda. 1 oktyabr kuni esa manbaning o`zi bir necha fermer xo`jaliklarida 17 nafar bola paxta terayotganining guvohi bo`lgan

    Boshqa yangiliklar