AsosiyJamiyat

​TTDHK Bosh kotibi O`zbekistonga tashrif buyuradi

'​TTDHK Bosh kotibi O`zbekistonga tashrif buyuradi'ning rasmi

2019 yilning 3-6-oktabr kunlari Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining Bosh kotibi Bog`dod Amreev O`zbekistonga tashrif buyuradi.

Tashrif doirasida Bog`dod Amreev O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi va Savdo-sanoat palatasida uchrashuvlar o`tkazadi, mamlakatimizda birinchi marta bo`lib o`tadigan TTDHKning Ishbilarmonlar kengashi majlisida va O`zbekiston, Ozarbayjon, Vengriya, Qozog`iston, Qirg`iziston va Turkiya tadbirkorlari ishtirokidagi Investision biznes forumida ishtirok etadi. Bog`dod Amreevga TTDHK Kotibiyati delegasiyasi hamrohlik qiladi.

Qayd etish joizki, Turkiy olam Ishbilarmonlar kengashi majlisi va biznes forumi Toshkent shahrida Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda mamlakatimizning Anqara shahridagi Elchixonasining faol ko`magida o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar