AsosiySiyosat

Aholiga davlat hisobidan ko`rsatiladigan tibbiy yordam ro`yxati ishlab chiqiladi

'Aholiga davlat hisobidan ko`rsatiladigan tibbiy yordam ro`yxati ishlab chiqiladi'ning rasmi

Hukumatning 2019 yil 30 sentyabrdagi qarori bilan “O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro`yxatini shakllantirish tartibi to`g`risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot telegram kanalida ma`lum qilindi.

Nizomga muvofiq, Ro`yxat har yili Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tegishli moliya va rejali davr uchun Davlat byudjeti parametrlari tasdiqlangandan keyin 15 kundan kechikmay ishlab chiqiladi.

Ro`yxat tibbiy yordamning quyidagi turlari bo`yicha shakllantiriladi:

  • shoshilinch tibbiy yordam;
  • rejali (shu jumladan birlamchi tibbiy-sanitariya) yordam;
  • ixtisoslashgan (shu jumladan yuqori texnologik) tibbiy yordam;
  • palliativ tibbiy yordam.

Ro`yxatga tibbiy xizmatlarning aniq turlari, shu jumladan dori-darmonlar, sarflash materiallari va tibbiyot buyumlari bilan ta`minlash kiritiladi.

Ro`yxat tibbiy xizmatlar turlari va hajmlari belgilab olingan holda, tibbiyot tashkilotlari darajasi bo`yicha shakllantiriladi.

O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, respublikada muqim yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar hamda chet el fuqarolari tibbiy ko`rsatmalar bo`lganda asoslantirilgan murojaatlar bilan Ro`yxatga kiritilgan tibbiy yordamni olish huquqiga ega bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar