Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligining telegram kanalida qo`yilgan xabarga ko`ra, paxta terimi davrida majburiy mehnatga yo`l qo`ymaslik va terimchilar uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar olib borilayotganiga qaramay, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, huquq himoyachilari bergan ma`lumotlarda mehnat qonunchiligi buzilishi bilan bog`liq holatlar uchrab turibdi.
Qoraqalpog`istonning Taxiatosh tumani “Aydn jol” MFY raisi B.A. kam ta`minlanganlik haqidagi ma`lumotnomani olish uchun kelgan fuqaroga ma`lumotnoma uchun terimga chiqish shartini qo`ygan. Ishchi guruh tomonidan olib borilgan o`rganish natijasida haqiqatan qonun buzilganligi aniqlandi va mahalla raisi O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismi bilan 6 690 000 so`m miqdorda jarimaga tortildi.






