AsosiyJamiyat

Firdavs Abduxoliqov: “Gosfilmofond”da saqlanayotgan o`zbek filmlarini qaytarish bo`yicha muzokaralar olib boramiz

'Firdavs Abduxoliqov: “Gosfilmofond”da saqlanayotgan o`zbek filmlarini qaytarish bo`yicha muzokaralar olib boramiz'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Rossiya Federasiyasining Moskva hamda Qozon shaharlarida “O`zbek kinosi kunlari” bo`lib o`tmoqda.

“O`zbekkino” Milliy agentligi, Rossiya Federasiyasi Madaniyat vazirligi va O`zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi elchixonasi tomonidan o`tkazilayotgan ushbu tadbirlardan ikkala davlat uchun ham kino san`ati sohasidagi hamkorliklar uchun keng yo`l ochilishi kutilmoqda.

– Kino kunlari doirasida biz “O`zbekkino” va Rossiyaning yirik kinokompaniyalari o`rtasida qo`shma kino loyihalarini tashkil etish bo`yicha qator memorandumlar imzolashni rejalashtirmoqdamiz, turli yillarda yaratilgan va ayni paytda Rossiyaning “Gosfilmofond”ida saqlanayotgan o`zbek filmlarini qaytarish bo`yicha muzokaralar olib boramiz, – deydi O`zbekiston delegasiyasiga rahbarlik qilayotgan “O`zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.

Rossiyada O`zbek kinosi kunlari O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning 2018 yil oktyabr oyida bo`lib o`tgan uchrashuvi yakunlari bo`yicha iqtisodiyotimizning ko`plab sohalarida do`stlik va hamkorlikni mustahkamlash hamda 2019-2024 yillarda iqtisodiy hamkorlik dasturining qabul qilingan chora-tadbirlari doirasida o`tkazilmoqda.

Shuningdek, Rustam Sa`diev, Umid Hamdamov, Sarvar Karimov va boshqa yosh rejissyorlar moskvalik hamkasblari bilan kino sohasidagi aloqalarini rivojlantirish va hamkorlikda filmlar olish bo`yicha muzokaralar olib borishmoqda.

O`zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadovning ta`kidlashicha, taqdim etilayotgan filmlar rossiyalik tomoshabinlarga o`zbek kinosi tarixi va bugungi holati bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Tadbirlar doirasida tomoshabinlarga o`zbekistonlik rejissyorlar tomonidan ishlab chiqarilgan 10 ta badiiy va 4 ta hujjatli film namoyish etiladi.

photo5235666886350449826.jpg

photo5235666886350449827.jpg

    Boshqa yangiliklar