AsosiyDunyo

Tayvanda ko`prik quladi, qurbonlar bor (Video)

'Tayvanda ko`prik quladi, qurbonlar bor (Video)'ning rasmi

Tayvan shimoli-sharqida joylashgan Ilan uezdida arkali ko`prik qulab tushdi. Oqibatda 5 nafar inson halok bo`ldi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, hodisa ro`y bergan vaqtda ko`prikdan benzin tashuvchi yuk mashinasi o`tayotgan bo`lgan va u ham ko`prik bilan birga pristan ustiga qulab, yonib ketgan. Shuningdek, inshoot ostida baliqchilar qayiqlari bo`lgan va ko`plab odamlar suvga tushib ketgan. Bundan 20 yil avval qurilgan 140 metr uzunlikdagi ko`prikning aynan nima sababdan qulab tushgani hozircha noma`lum. Ba`zi taxminlarga ko`ra, yaqinda orol orqali o`tgan to`fon 1999 yilda qurilgan ko`prikni zaiflashtirgan bo`lishi mumkin.


Boshqa yangiliklar