O`zbekiston Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risidagi nizomga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritish haqidagi Mudofaa vazirining buyrug`i loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi https://regulation.gov.uz/uz/document/8572 portaliga joylashtirildi.
Qarorga ko`ra:
- Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qo`shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga Mudofaa vazirligining oliy ta`lim muassasalariga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi
- 2022/2023 o`quv yilidan boshlab O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikasiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida o`qish uchun nomzodlar respublikaning muhandislik-texnika oliy ta`lim muassasalarining uchinchi bosqichini tugatgan, o`qish yakunlari bo`yicha yuqori natijalarga erishgan, mazkur institutda o`qishni davom ettirish hamda kelgusida kontrakt bo`yicha harbiy xizmatni o`tash istagini bildirgan, shuningdek, sog`lig`ining holatiga ko`ra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan talabalar orasidan tanlab olinadi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot o`qish uchun nomzodlar O`zbekiston Respublikasi oliy tibbiy ta`lim muassasalarining “Davolash ishi” yo`nalishi bo`yicha o`qishning beshinchi bosqichini tugatgan talabalar orasidan tanlab olinadi.
Shuningdek, Harbiy institut va Harbiy-tibbiyot fakultetiga o`qishga kirishni hohlagan oliy ta`lim muassasalarining talabalari ariza bilan bevosita oliy ta`lim muassasasining rektori nomiga murojaat etib, o`qishini qo`chirishi mumkin.
Talabaning arizasi oliy ta`lim muassasasi tomonidan 5 kunlik muddatda ko`rib chiqiladi va ariza talaba mazkur oliy ta`lim muassasasining uchinchi (to`rtinchi) kursida o`qiyotganligini tasdiqlovchi ma`lumotnoma hamda reyting daftarchasining tasdiqlangan nusxasi ilova qilingan holda, oliy ta`lim muassasasi joylashgan hududdagi mudofaa ishlari bo`yicha bo`limlariga aloqa kanallari orqali yuboriladi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti





