Hukumat qarori (834-son, 02.10.2019 y.) bilan Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizasiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, Davlat soliq qo`mitasida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import va realizasiya qilish bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlar to`g`risida ma`lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Ushbu ma`lumotlar asosida tadbirkorlarning hisobotlari, shuningdek, soliq to`lovchilarning majburiyatlari paydo bo`lishi (tugatilishi) to`g`risida tegishli tashkilotlardan olingan ma`lumotlar bilan solishtirish orqali kameral nazorat o`tkaziladi.
Kameral nazorat natijasida tafovut aniqlansa, soliq to`lovchiga uning hisobotlariga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan talabnoma yuboriladi.
Tadbirkorlarning faoliyatida jinoyat alomatlari mavjud deb topilsa, materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.






