AsosiyJamiyat

Prezident Shavkat Mirziyoev: «O`zbekistonda ro`mol o`rashga hech kim hech qachon qarshi bo`lmaydi» (Video)

'Prezident Shavkat Mirziyoev: «O`zbekistonda ro`mol o`rashga hech kim hech qachon qarshi bo`lmaydi» (Video)'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ijtimoiy tarmoqda ro`mol masalasidagi muhokamalar yuzasidan munosabat bildirdi.

30 sentyabr kuni Ko`ksaroyda o`tkazilgan boks bo`yicha jahon chempionati sovrindorlariga davlat mukofotlarni topshirish marosimi vaqtida prezident O`zbekistonda ro`molga hech kim hech qachon taqiq qo`ymasligini ma`lum qildi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda turli masalalar ko`tarilyapti.

Qanday yarashadi o`zbekona ro`mollar. Qanday yarashadi o`zbekona kiyinishlarimiz. Shu turishingiz muqaddas o`zbek onasi timsoli. Mehrli onamiz, singillarimiz mana shunday yurishiga hech kim hech qachon qarshi bo`lmaydi O`zbekistonda.

Mana hammamizning buvilarimiz o`tgan, hayot onalarimiz bor, ularning kiyinishiga qarab hammamiz havas qilamiz, men ham siz bilan mana shunday o`g`il tarbiyalaganingiz uchun, siz bilan samimiy ko`rishganimdan baxtiyorman. Siz baxtiyor onasiz, men baxtiyor prezidentman siz orqali», degan prezident marosim vaqtida bokschi Miraziz Mirzaxalilovning onasini kuzatar ekan.

Eslatib o`tamiz, so`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`anievning majlis vaqtida ro`mol va soqol masalasidagi gaplari audiosi keng muhokama qilinayotgandi.

Farg`ona viloyati hokimi selektor davomida turk insvestorining soqolini olishni buyurgan, viloyatdagi ish joylarida namoz o`qishga sharoit yaratiladigan holatlar aniqlansa, o`sha korxona rahbariga jinoyat ishi ochilishini aytgani, shuningdek, oldida kim bo`lishidan qat`i nazar ro`mol o`rab olgan ayolga ko`zi tushsa, uning ro`molini o`sha tuman hokimi og`ziga tiqib qo`yish bilan tahdid qilgan.

30 sentyabr kuni Oliy Majlis Senatining Reglament va odob komissiyasi yig`ilishida senator Shuhrat G`anievning masalasi ko`rib chiqildi. Yig`ilishda Shuhrat G`aniev aybini tan oldi, unga qattiq ogohlantirish va 3 oy sinov muddati berildi.



Boshqa yangiliklar