AsosiyJamiyat

O`zbekiston Mudofaa vazirligi vakillari Qirg`izistonda o`tkazilgan koordinasion komitetning XX majlisida ishtirok etdi

'O`zbekiston Mudofaa vazirligi vakillari Qirg`izistonda o`tkazilgan  koordinasion komitetning XX majlisida ishtirok etdi'ning rasmi

Qirg`iziston Respublikasining Cholpon-ota shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo mamlakatlar Qurolli Kuchlari aloqa boshliqlari koordinasion komitetining XX-majlisi bo`lib o`tdi.

Unda Armaniston, Belorus, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, O`zbekiston Respublikalari hamda Rossiya Federasiyasi Qurolli Kuchlari aloqa boshliqlari ishtirok etdi.

Majlisni Rossiya Federasiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtab boshlig`i o`rinbosari, aloqa Bosh boshqarmasi boshlig`i – koordinasion komitet raisi general-polkovnik X. Arslanov olib bordi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo mamlakatlar Qurolli Kuchlari aloqa boshliqlarining koordinasion komiteti majlisida quyidagi savollar muhokama qilindi:

- Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo mamlakatlar Qurolli Kuchlarining hamkorlikdagi aloqa tizimini yaratish va rivojlantirish tadbirlari bo`yicha qilingan va rejalashtirilayotgan ishlar to`g`risida.

- Qurolli Kuchlari aloqa tugunlari o`rtasida hamkorlikdagi aloqa mashg`ulotlarini tashkil qilish va 2020 yilda uni o`tkazish bo`yicha rejalar kelishib olindi.

Bundan tashqari XX koordinasion komitet majlisida 2020-yilda xalqaro armiya o`yinlari doirasida o`tkaziladigan “Ishonchli qabul” aloqa mutaxasislari musobaqasini rivojlantirish va takomillashtirish bo`yicha takliflar kiritildi va muhokama qilindi.

Komitetda ilk bor Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo mamlakatlar mudofaa vazirlari Kengashi kotibi general-mayor Yu. Dashkin ishtirok etdi.

General-mayor Yu. Dashkin o`z nutqidaO`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga harbiy hamkorlikda qilinayotgan amaliy ishlar bo`yicha o`z minnatdorchiligini bildirdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar