AsosiyJamiyat

Yangi avtomobillarni sotib olishda Respublika yo`l jamg`armasi uchun yig`im: to`lovning yangi tartibi

'Yangi avtomobillarni sotib olishda Respublika yo`l jamg`armasi uchun yig`im: to`lovning yangi tartibi'ning rasmi

1 oktyabrdan e`tiboran Respublika yo`l jamg`armasiga yig`im to`lashning yangi tartibi kuchga kiradi, unga ko`ra yig`im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to`lanadi.

Ushbu qaror O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qaroriga muvofiq iste`molchilar uchun mahalliy ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini sotib olish sharoitlarini yaxshilash maqsadida qabul qilingan.

Yangi tartibga ko`ra:

- 2019 yilning 1 oktyabrigacha tuzilgan yangi transport vositalarini oldi-sotdi (etkazib berish) shartnomalari bo`yicha xarid qilingan yangi transport vositalari uchun to`lov tartibi avvalgidek saqlanib qoladi – yig`im YXXBB organlarida amalga oshiriladi.

- 2019 yilning 1 oktyabridan e`tiboran tuzilgan shartnomalar bo`yicha xarid qilingan avtomobillar uchun Respublika yo`l jamg`armasiga amalga oshiriladigan to`lov avtomobil narxiga qo`shiladi va to`g`ridan-to`g`ri mahalliy transport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to`lanadi.

To`lovning yangi tartibi faqat yangi mahalliy transport vositalariga («UzAuto Motors» AJ, «SamAvto» QK MChJ, «JV MAN Auto-Uzbekistan» QK MChJ, «UzAuto Trailer» MChJ) tegishli.

Ikkilamchi bozorda sotib olingan va import bilan olib kirilgan transport vositalarini ro`yxatdan o`tkazish uchun to`lovni to`lash tartibi o`zgarmadi.

    Boshqa yangiliklar