Xalq ta`limi tizimidagi maktabdan tashqari ta`lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to`g`risida Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Xalq ta`limi vazirligi tasarrufidagi “Barkamol avlod” respublika va hududiy bolalar markazlari negizida Respublika va hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil etildi.
Shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi va viloyatlar xalq ta`limi boshqarmalari huzuridagi axborot-resurs markazlari negizida “Bolalar kutubxonalari” tashkil etildi.
Bundan tashqari, qarorga ko`ra, 2020-2023 yillarda Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida “Barkamol avlod” bolalar maktablari huzurida 100-200 o`rinli “Bolalar sayyohlik bazalari” tashkil etiladi.
“Barkamol avlod” bolalar maktablarida 2020/2021 o`quv yilidan boshlab “STEAM –ta`lim” dasturi joriy etiladi.
Qarorga muvofiq, “Barkamol avlod” bolalar maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari 2020 yil 1 yanvardan:
1) direktor va direktor o`rinbosarlari uchun 1,55 baravarga, to`garak rahbari uchun 1,5 baravarga oshiriladi;
2) instruktor-uslubchilar va uslubchilar mehnatiga haq to`lash bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib amalga oshiriladi hamda ularning bazaviy tarif stavkalari to`garak rahbarlarinikiga tenglashtiriladi.






