AsosiyJamiyat

Faxriy unvonlarga ega sportchilar hokim maslahatchilari bo`ladi

'Faxriy unvonlarga ega sportchilar hokim maslahatchilari bo`ladi'ning rasmi

Andijon viloyatida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish tizimini takomillashtirish hamda sport inshootlari quvvatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to`g`risida Hukumat qarori (820-son, 30.09.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “Xalqaro toifadagi O`zbekiston sport ustasi” unvoniga, “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan sport ustozi”, “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan sportchi” faxriy unvonlariga ega bo`lgan sportchilar, Olimpiya va Osiyo o`yinlari, jahon chempionati, O`zbekiston chempionati sovrindorlari Andijon viloyati tuman (shahar) hokimlariga jamoatchilik asosida jismoniy tarbiya va sport masalalari bo`yicha maslahatchi etib biriktiriladi.

Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport yo`nalishi mavjud oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalari bitiruvchilarining mazkur qarorda belgilangan oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida pedagogik amaliyot o`tashi tashkil etiladi.

2020/2021 o`quv yilidan boshlab Andijon davlat universitetining sirtqi bo`limida “Sport faoliyati” ta`lim yo`nalishi bo`yicha kadrlar tayyorlanadi.

    Boshqa yangiliklar