AsosiySiyosat

Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisi Valentina Matvienko O`zbekistonga tashrif buyuradi

'Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisi Valentina Matvienko O`zbekistonga tashrif buyuradi'ning rasmi

2019 yil 1-3 oktyabr kunlari Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisi Valentina Matvienkoning O`zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi bo`lib o`tadi, deya xabar qilmoqda Oliy Majlis Senatining axborot xizmati.

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva va Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovning Federal Majlis Federasiya Kengashi Raisi Valentina Matvienko bilan uchrashuvlari, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Hamkorligi bo`yicha parlamentlararo komissiyasining majlisi o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida O`zbekiston-Rossiya va Rossiya-O`zbekiston ishbirlarmon doiralari kengashlarining majlisi, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Devoni Tahliliy huquqiy boshqarmasi o`rtasida hamkorlik to`g`risida memorandum imzolanishi nazarda tutilgan.



    Boshqa yangiliklar