O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasiga Rossiya Federasiyasining «Rossotrudnichestvo» kompaniyasining yurtimizdagi vakolatxonasi rahbari, iste`fodagi general-leytenant Viktor Nikolaevich Shulika boshchiligidagi delegasiya tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Rossiya Federasiyasi delegasiyasi akademiyaning o`quv-moddiy bazasi va infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlarga akademiya muzeyi, undagi noyob eksponatlar haqida ma`lumot berildi.
«O`qituvchilar va murabbiylar kuni» munosabati bilan «Rossotrudnichestvo» kompaniyasining O`zbekistondagi rahbari Qurolli Kuchlar akademiyasiga rus tilini o`rganish bo`yicha o`quv materiallari va adabiyotlarni taqdim etdi.
Ushbu tadbir O`zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning davomi sifatida e`tirof etildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti






