Qozog`istonning Jambil viloyatida qiz o`g`irlashda ishtirok etgan 4 nafar fuqaroga sud hukmi o`qildi. Ularning har biriga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sputnik Qozog`iston nashrining yozishicha, ular foydalangan avtomobil jinoyat vositasi sifatida musodara qilingan va davlat daromadiga o`tkazilgan.
2018 yil kuz oyida bir yigit Jambil viloyatining Korday qishlog`ida istiqomat qiluvchi qiz bilan tanishadi.
Yoshlar ijtimoiy tarmoqlar orqali yozishib turishadi. Yigit qizni kuch bilan olib qochishga va unga uylanishga ahd qiladi. U o`zining tanishlari bilan oldindan maslahatlashib, qizni o`g`irlash uchun Korday tumaniga keladi.
Rejaga ko`ra ular qizni “uchrashuvga chaqirib” o`g`irlashlari kerak bo`ladi. Qiz telefon qo`ng`irog`iga javob beradi, lekin uchrashishdan bosh tortadi.
O`z niyatini amalga oshirishga ahd qilgan yigit tanishlari bilan qizni kuzata boshlaydi. Qiz ko`chaga chiqqan payt uni kuch bilan mashinga o`tqazib, olib qochishadi.
Mashina Turkiston viloyati tomon yo`l oladi. Yo`lda ularni polisiya xodimlari to`xtatadi va ularning rejalari “pishmay” qoladi. Natijada ular qilmishlari uchun qonun oldi javob berishdi.
Read more: https://sputniknews-uz.com/world/20190925/12493762/Kelin-irlagan-shovvozlar-uzo-muddatga-amaldi.html






