O`zbekistonda yoshlarni oliy ta`lim bilan qamrab olish darajasi yanada oshiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoev O`zbekiston o`qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigida aytib o`tdi.
Qayd etilishicha, keyingi ikki yilda mamlakatda 35 ta, jumladan, 13 ta xorijiy oliy o`quv yurti tashkil etildi. Yuzdan ortiq yangi bakalavriat ta`lim yo`nalishlari hamda 94 ta magistratura mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlash yo`lga qo`yildi.
“Ana shunday chora-tadbirlar natijasida yoshlarni oliy ta`lim bilan qamrab olish darajasi uch yil burungi 9 foizdan 20 foizga oshdi. Biz yaqin kelajakda bu ko`rsatkichni 25 foizga etkazishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz”, - deyiladi tabrik matnida.
Bundan oldin, so`nggi uch yilda OTMdagi izlanuvchilarning 44,5 foizi doktoranturani himoyasiz yakunlagani xabar berilgandi.






