AsosiyDunyo

Yaponiyada to`fon yaqinlashgani sababli o`nlab reyslar bekor qilindi

'Yaponiyada to`fon yaqinlashgani sababli o`nlab reyslar bekor qilindi'ning rasmi

Mitog to`foni yaqinlashgani sababli aviakompaniyalar Yaponiyaning janubiga dushanba kungi uchish va qaytish reyslarini bekor qilishni boshladi.

NHK telekanalining xabar berishicha, aviakompaniyalar 38 ta reysni bekor qilinganini ma`lum qilishgan. To`fon arxipelagga yaqinlashgani sayin, bu raqam ham ko`payib bormoqda.

Dushanba va seshanba kunlari u Okinava prefekturasi orollariga va Yaponiyaning g`arbiy sohillariga etib kelishi mumkin, so`ngra Koreya yarim oroliga chekinishi kutilmoqda. Shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqqa tomon yo`nalishi va Yaponiyaning asosiy oroli bo`lgan Xonsyuga to`fon yopirilishi ehtimoli ham yo`q emas.

To`fon hozirda Okinavadan janubi-g`arbda qayd etilgan. Uning markazidagi bosim 975 gektopaskalni tashkil qilmoqda. Shamolning tezligi sekundiga 35 metr, kuchayganda esa uning tezligi sekundiga 50 metrgacha etmoqda.

    Boshqa yangiliklar